January 8, 2022
Eng yaxshi she'r tanlovi
"Eng yaxshi she'r" ijodiy tanlovi
Bunda ishtirokchilar Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlab, "Mening armiyam -mening faxrim" shiori ostida ijodiy yondashishlari lozim.
Taqdim etilgan ijodiy ish ta’sirchan va hamma uchun tushunarli, yoshlarda Vatanparvalrik ruhini oshirishga xizmat qilishiga e’tibor qaratilishi zarur.
O’zbek tili qoidalariga rioya etgan holda, orfografik va gramatik xatolarsiz bayon etilishi zarur. Sarlavha esa ixtiyoriy tanlanishi mumkin.
She'r matni (A4 o’lchamdagi varaqda va 14 shirfda) 10 kupletdan oshmasligi zarur.
Ijodiy ishlar 2022-yil 14-yanvar soat 16.00 ga qadar @TDYUorganizator telegram manziliga yuborish lozim (har kuni soat 9.00 dan 16.00 vaqt oralig'ida yuborilishi lozim).