February 16, 2022

"Zukko Yurist" turniriga start berildi.

#yangilik #новость #news

"Zukko Yurist" 3-turi bo'lib o'tadi.

Turnir har oyda bir marotaba o'tkaziladi. Ushbu turnirda ishtirok etishuchun avval jamoa shakllantiriladi va jamoaga nom tanlagan holda belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tiladi.

Jamoalar har bir tur o'yinlarida ball yig'ib boradi va yakuniy tur o'yinlarida eng yuqori ball to'plagan jamoa g'oliblikni qo'lga kiritadi. Har bir tur o'yinlari 3 ta shartdan iborat va bitta turda bitta jamoa to'plashi mumkin bo'lgan maksimal bal 35 ballni tashkil etadi.

"Zukko Yurist" turniri 3 shartdan iborat:
▪️ 1-bosqich. Huquqiy savodxonlik. Sizning O'zbekiston Respublikasi qonunchiligidan qay darajada xabardor ekanligingizni bilish uchun O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksining boshidan 116 ta modda - 5 ta savol, Davlat va Huquq nazariyasi (Odilqoriyev X.T.) dan Huquq nazariyasi XVI bobdan boshlab XXI bobgacha - 5 ta savol, maksimal 10 ball beriladi.

▪️ 2-bosqich. Mantiqiy fikrlash qobilyatni tekshirish. Bunda jamoaga 10 ta mantiqiy savol beriladi hamda har bir to'g'ri berilgan javob uchun 1 balldan jami 10 ball beriladi.

▪️ 3-bosqich. Badiiy adabiyotga oid bilimlaringizni sinovdan o'tkazish. Dunyoqarashingiz kengaytirish uchun badiiy adabiyotdan 15 ta savol beriladi, har berilgan to'g'ri javob uchun 1 balldan, jami 15 ball beriladi.


2-turi 3-bosqichi uchun adabiyotlar ro'yxati:
1. "Nasroniy atirguli" Omina Shenliko'g'li 2. "Xalol luqma" Rauf Jilasun 3. "Eljernonga atalgan gulllar" Daniel Kiz

Jami to'planadigan ball: 35 ball

⏳ Turnir 2022-yil 26-fevral kuni soat 10:00 da Yoshlik kafesida o'tkaziladi.
"Zukko Yurist" turniri yil davomida 4 turda o`tkaziladi.


Turnirda ishtirok etish uchun 6 nafardan iborat jamoa shakllantiring va uni nomlab loyiha koordinatori @Shohjahon_Abdusattorov ga yozib yuboring.

Agar siz turnirda ishtirok etmoqchi bo'lsangiz, biror jamoa shakllantirishga qiynalayotgan bo'lsangiz, batafsil malumot olish uchun maxsus guruhimiz https://t.me/zukko_yurist ga qo'shiling.


🥇💰🏆 Tanlov g'oliblari 𝗧𝘂𝗿𝗻𝗶𝗿 so'ngida munosib taqdirlanadi.


💫"Unutmang! Ilmdan o'zga najot yo'q!" 📚📚📚


"Zukko Yurist" intellektual loyihasi bo'yicha batafsil ma'lumotlar @zukko_yurist orqali berib boriladi.
📲 Ma'lumot uchun loyiha koordinatori Shohjahon Abdusattorov @shohjahon_yurist