Yuksalish sari klubi
“Yuksalish sari” talabalar klubining maqsadi talabalarning maqola yozish ko'nikmasini
shakllantirish, talabalarni xalqaro musobaqalarga tayyorlash hamda rivojlantirishdan iboratdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun “Yuksalish sari” klubi quyidagi vazifalarni hal qiladi:
- o'quv materialini chuqur o'rganish, o'z bilimlarini doimiy ravishda takomillashtirish va
qobiliyatlarini tarbiyalash;
- talabalarni klub ishida faol qatnashishga jalb qilish;
- uchrashuv, ilmiy seminar va boshqa tadbirlarda talabalarning chiqishlarini tashkil etish va o'tkazish;
- talabalarning eng yaxshi ilmiy ishlarini nashr etish va amaliyotga tatbiq etishni targ'ib qilish;
- universitetning boshqa ilmiy doiralari bilan tajriba almashish.
Klub ishi quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- omma oldida so'zlash uchun mavzularni tanlash;
- ilmiy qiziqishlar va kasbiy vakolatlar sohasiga muvofiq kafedra xodimlari orasidan
murabbiylar tayinlash;
- nutqning dolzarb yo'nalishlari bo'yicha klub a'zolari tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
- talabalarning og'zaki va yozma nutq ko'nikmalarini takomillashtirish bo'yicha kafedra
a'zolarining maslahatlarini olish;
- mavzuli uchrashuvlar o'tkazish, unda talabalar tematik ma'ruzalar, referat va taqdimotlar bilan qatnashishini ta'minlash.
Klubga professional bilim va tajribaga ega bo'lgan mutaxassis rahbarlik qiladi va
talabalarga doimiy ravishda maqola yozish hamda xalqaro tanlovlarda ishtirok etish bo'yicha mashg'ulotlar olib boradi. Bundan tashqari doimiy ravishda klub faoliyatini rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Shu bilan bir qatorda talabalarni klubga jalb qilish maqsadida ular o'rtasida targ'ibot tadbirlarini tashkil etib boradi. Shuningdek, 1-kurs talabalari uchun o'quv yili boshlangan vaqtda klubga jalb qilish maqsadida talabalar bilan uchrushuvlar o'tkazib boriladi.
Klub faoliyati jadval asosida talabalarga qulay vaqt oralig'ida tashkil etilib boriladi.
Klubga talabalar ixtiyoriylik asosida a'zo bo'lishlari mumkin.