February 17, 2022

"Zukko kitobxon" turnirini

📢 Zukko va kitobxon talabalar diqqatiga!

🏛 Toshkent davlat yuridik universiteti talabalarida kitob o'qishga bo'lgan qiziqishni oshirish hamda kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida o'tkazilib kelinayotgan “Zukko kitobxon” tanlovining 2-semestrdagi turniriga start beriladi..

👆Turnir doirasidagi tur o'yinlari har oyda bir marotaba o'tkaziladi va jamoalarga o'qish uchun 3 ta tildagi 10 dona adabiyotlar taqdim etiladi.

1-tur o'yinlari
🗓 2022-yil 5-mart
⏰ 11:00 da
📍Yoshlik kafesida bo'lib o'tadi.

❗️Eslatib o'tamiz:
➡️ Turnir 2 ta bosqichdan iborat bo'ladi.
➡️ Har birbosqichda 15 tadan savol taqdim etiladi.
➡️ Savollar baraban yo'laklari bo'ylab joylashtirilgan adabiyotlardan barabanni aylantirish yo'li orqali tanlab beriladi.
➡️ Har bir savolga javob berish uchun 50 soniya vaqt, javobni topshirishga esa 10 soniya vaqt ajratiladi.

👆Adabiyotlar ro'yxati:
1. Komil Sindarov - O'g'irlangan bolalik
2. Oybek - Navoiy
3. Ahmad Lutfiy Qozonchi - O'gay ona
4. Omina Shenliko'g'li - Mariya
5. Xolid Xusayniy - Ming quyosh shu'lasi
6. Чингиз Айтматов - Тополёк мой в красной косынке
7. Достоевский - Униженные и оскорбленные
8. Толстой - Война и мир (часть1)
9. Agatha Christie - Hercule Poirot's christmas

"Zukko kitobxon" turnirini o'tkazish tartibi


“Zukko kitobxon” turniri Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari o'rtasida “Zukko kitobxon” klubi doirasida o'tkaziladi.

Turnir bir semestr davomida har oyda bir marotaba o'tkaziladi. Turnir davomida 3 ta tur o'yinlari o'tkaziladi.

Turnir o'zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.

Har bir turda 10 ta katta va kichik adabiyotlar jamoalarga o'qish uchun taqdim etiladi.

Adabiyotlarning 6 tasi o'zbek tilida, 3 tasi rus tilida hamda 1 tasi ingliz tilida tanlanib ishtirokchilarga taqdim etiladi.

Jamoalarga adabiyotlar bir oy oldin e'lon qilinadi. Tur o'yinlari har oy tanlangan
shanba kuni universitet Yoshlik kafesida bo'lib o'tadi.

1-tur o'yinlari so'ngida keyingi tur uchun o'ynaladigan adabiyotlar ro'yxati e'lon qilib boriladi. O'yin e'lon qilingan adabiyotlar ichidan tayyorlangan savollardan savol-javob shaklida tashkil qilinadi.

O'yin maydoni markazi joylashgan baraban atrofida adabiyotlar joylashtiriladi hamda baraban ko'rsatkichi qaysi adabiyotni tanlasa shu adabiyotdan savollar o'qib eshittiriladi.

O'ylash uchun 1 daqiqa vaqt beriladi. Javobni belgilangan qog'ozlarda yozib taqdim etish uchun esa 10 soniya vaqt beriladi.

10 soniyadan keyin taqdim etilgan javoblar qabul qilinmaydi.

Jamoalarning xolislikka rioya qilayotganliklari nazoratchilar tomonidan nazorat qilinadi. O'yin paytida ortiqcha buyumlardan foydalangan jamoa o'yindan chetlashtiriladi hamda mazkur o'yinda to'plagan ballari bekor qilinadi.

Jamoalar har bir turda ball yig'ib boradilar. 2-turning ohirida eng ko'p ball
to'plagan 5 tagacha jamoa saralab olinib, so'nggi hal qiluvchi turga yo'llanma beriladi. Bir nechta jamoalarda ballar bir xil bo'lib qolgan taqdirda, 5tadan ko'p jamoa yo'llanmani qo'lga kiritishlari mumkin.

3-turning so'nggiga qadar eng yuqori ball to'plagan jamoa turnir g'olibi sifatida e'lon qilinadi hamda universitetning maxsus sovg'asi bilan rag'batlantiriladi.

Shu bilan birga 2 va 3 o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar ham rag'batlantiriladi.

Turnirda ishtirok etish uchun:

1) 6 nafardan iborat tarkibda jamoa shakllantiring hamda jamoaga nom qo'ying.

Jamoa a'zolari bir fakultet talabalaridan iborat bo'lishi shart (bu magistratura talabalariga ham to'la ta'luqli).

Lekin jamoa a'zolari bir xil kursdan bo'lishi bo'yicha ta'qiq mavjud emas.
Jamoalar soni cheklanmagan. Jamoa a'zolarini shakllantirilayotganda taqdim etilayotgan adabiyotlar tiliga ahamiyat berish maqsadga muvofiq.

2) ishtirokchilar orasidan jamoa sardorini tayinlang;

3) jamoa va fakul`tet nomi, ishtirokchilar ro'yxati loyiha koordinatori
@begimrashidova_M ga yozib yuboring.

Sizga jamoangiz ro'yxatdan o'tganligi haqida javob keladi.