April 11, 2023

“Kitobxon yurist” intellektual tanlovi NIZOMI

I. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom Toshkent davlat yuridik universitetida tahsil oluvchi talabalar o‘rtasida “Kitobxon yurist” intellektual tanlovini (bundan keyingi o‘rinlarda intellektual tanlov deb yuritiladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi.

2. Tanlovda Toshkent davlat yuridik universitetining barcha talabalari ishtirok etishlari mumkin.

3.  Ro’yxatdan o'tish @MahbubaJuraboyeva telegram akkaunti orqali amalga oshiriladi.

II. Tanlovning maqsad va vazifalari

4. Intellektual tanlov mamlakatimizda yoshlarni Vatanimiz, xalqimiz, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy-ma’naviy merosimizga hurmat va sadoqatli qilib tarbiyalash, dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, ijodiy salohiyatini oshirish, ma’naviy barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishlarida ko‘maklashish, iqtidorli, ijodkor yoshlarni rag‘batlantirish, ularning o‘z aql-zakovatini namoyon etishiga ko‘maklashish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish hamda o‘zbek va jahon adabiyotining sara asarlariga mehr uyg‘otishdan iborat.

III. Tanlovshartlari va baholash mezonlari

5. Tanlovda yakka tartibda ishtirok etiladi.

6. Tanlov uchun 4 tagacha kitoblar tanlab olinadi va talabalarga e’lon qilinadi.

7.Tanlov quyidagi shartlar asosida o’tkaziladi.

1-shart. “Badiiy asarlar bilimdoni” sharti.

Ushbu shartda biror asardagi syujetga oid epizod o’qib eshittiriladi.Iahtirokchidan ushbu asar nomini topisi hamda uning mazmun-mohiyatini, g’oyasi va ahamiyati to’g’risida sharhlab berishi so’raladi. Sharhlash jarayonida ishtirokchining bilimini tekshirish maqsadida Hakamlar hay’ati tomonidan qo’shimcha savollar berilishi mumkin.

Tayyorgalik ko’rish uchun 1daqiqa, javob berish uchun 2 daqiqa vaqt belgilanadi.Mazkur shart uchun 40 ballgacha baho beriladi. Asar nomi to’g’ri topilganda 20 ball qo’yiladi (topilmasa 0 ball) hamda ishtirokchiga asar nomini topolmasa ham sharhlash imkoniyati beriladi va 20 ballgacha baholanadi.

2-shart. “Tezkor savol-javob” sharti.

Ushbu shartda tanlovga o’qish uchun qo’yilgan asarlardan tuzilgan 10ta savolga 10 ta javob berish so’raladi.Ishtirokchilar savollarni bilet tortish orqali tanlaydi, tayyorgarlik ko’rish uchun vaqt ajatilmaydi, savol o’qilishi bilan 10soniya ichida javob berilishi lozim, javob berish uchun 3 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 20 ballgacha baho beriladi.

3-shart. “Badiiy adabiyotlarning yuristlar uchun ahamiyati” sharti.

Bu shartda har bir ishtirokchi yuridik sohaga oid berilgan atamalardan 3 tasini bilet tanlash orqali tanlashi va oldindan o’qish uchun berilgan adabiyotlarga bog’lagan holda bu kitoblarning yuristlar uchun ahamiyatini ochib berishi kerak bo’ladi. Ushbu shart 40 ballgacha baholanadi.

Tanlov yakunida agar ikki yoki undan ko’p talabalar bir xil ballga ega bo’lsa, g’olib ishtirokchi aniqlanguniga qadar qo’shimcha savollar o’ynaladi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, eng yuqori ballga ega bo‘lgan ishtirokchi tanlov g‘olibi deb e’lon qilinadi.

Tanlovda o’qish uchun adabiyotlar ro’yxati:

1.Tohir Malikning “Alvido, bolalik” asari;

2.Komil Sindarovning “Surgundagi sarguzashtlar” asari;

3.Amir Temurning “Temur tuzuklari” asari;

4.Jek Londonning “Martin Iden” asari.

IV. Tashkiliy qo’mita

8. Tanlovni tashkil etish va uni o‘tkazish mas’ul tashkilotchilarning vakillaridan tarkib topgan “Kitobxon yurist” intellektual tanlovini o’tkazish bo’yicha Tashkiliy qo’mita zimmasiga yuklatiladi.

V. G‘oliblarni taqdirlash

9. Intellektual tanlov g’oliblari tashkilotchilar tomonidan I, II va III darajali diplom, shuningdek:

1-o’ringa 500 ming so’m pul mukofoti;

2-o’ringa 400 ming so’m pul mukofoti;

3-o’ringa 300 ming so’m pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Tanlov “Talabalar festivali” haftaligi doirasida o’tkaziladi.