October 10, 2023

Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari o'rtasida "Zukko kitobxon" turnirini o'tkazish tartibi

Turnirda ishtirok etish uchun:
1) 6 nafardan iborat tarkibda jamoa shakllantiring hamda jamoaga nom qo'ying.
Jamoa a'zolari bir xil kursdan bo'lishi bo'yicha ta'qiq mavjud emas.
Jamoalar soni cheklanmagan. Jamoa a'zolarini shakllantirilayotganda taqdim etilayotgan adabiyotlar tiliga ahamiyat berish maqsadga muvofiq.
2) jamoa va fakultet nomi, ishtirokchilar ro'yxatini shakllantiring va ko’rsatilgan havoladagi google formani jamoaning har bir ishtirokchisi sifatida alohida to’ldiring.

"Zukko kitobxon" turnirini o'tkazish tartibi
“Zukko kitobxon” turniri Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari o'rtasida “Zukko kitobxon” klubi doirasida o'tkaziladi.
Turnir bir semestr davomida har oyda bir marotaba o'tkaziladi. Bu yilgi tur o’yinlari 5ta turdan iborat bo’ladi. Turnir o'zbek, rus va ingliz tillaridagi kitoblar doirasida olib boriladi.
Har bir turda 7 ta katta va kichik adabiyotlar jamoalarga o'qish uchun taqdim etiladi.
Adabiyotlarning 4 tasi o'zbek tilida, 2 tasi rus tilida hamda 1 tasi ingliz tilida tanlanib ishtirokchilarga taqdim etiladi.
Jamoalarga adabiyotlar bir oy oldin e'lon qilinadi. Tur o'yinlari har oy tanlangan
shanba kuni universitet Yoshlik kafesida bo'lib o'tadi.
1-tur o'yinlari so'ngida keyingi tur uchun o'ynaladigan adabiyotlar ro'yxati e'lon qilib boriladi. O'yin e'lon qilingan adabiyotlar ichidan tayyorlangan savollardan savol-javob shaklida tashkil qilinadi.
O'yin maydoni markazi joylashgan baraban atrofida adabiyotlar joylashtiriladi hamda baraban ko'rsatkichi qaysi adabiyotni tanlasa shu adabiyotdan savollar o'qib eshittiriladi.
O'ylash uchun 1 daqiqa vaqt beriladi. Javobni belgilangan qog'ozlarda yozib taqdim etish uchun esa 10 soniya vaqt beriladi.
10 soniyadan keyin taqdim etilgan javoblar qabul qilinmaydi.
Jamoalarning xolislikka rioya qilayotganliklari nazoratchilar tomonidan nazorat qilinadi. O'yin paytida ortiqcha buyumlardan foydalangan jamoa o'yindan chetlashtiriladi hamda mazkur o'yinda to'plagan ballari bekor qilinadi.
5-turning so'nggiga qadar eng yuqori ball to'plagan 3ta jamoa 1-2-3-o’rin g’oliblari sifatida e'lon qilinadi hamda munosib ravishda rag'batlantiriladi.