#tanlov #конкурс
Bugungi kunning eng dolzarb huquqiy masalalari yuzasidan o'z tengdoshlariz bilan debat olib borishga nima deysiz?
Unda TDYU talabalari uchun tashkil etilayotgan "Munozara" onlayn tanlovida ishtirok eting.
Siz azizlarning intellektual salohiyatingizni oshirish, bilimingizni mustahkamlash, tahliliy va tanqidiy fikrlash ko'nikmangizni rivojlantirish maqsadida "Munozara" onlayn tanlovi o'tkaziladi.
Tanlov ikki bosqichda hamda O'zbek va rus tillarida o'tkaziladi:
1-bosqich — fakultet bosqichi;
2-bosqich — Universitet bosqichi.
Tanlovda ishtirok etish uchun tanlov o'tkazish tartibi va shartlari bilan to'liq tanishib chiqib, 3 kishidan iborat jamoa tuzishingiz hamda uni nomlab 12-yanvar soat 17.00 ga qadar fakultet dekanatlariga taqdim etishingiz kerak bo'ladi.
Jamoa a'zolari bir fakultetdan bo'lishi talab etiladi.
Birinchi bosqichda 1- 2-o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar (o'zbek guruhidan 2 ta, rus gurhidan 2 ta jamoa) universitet bosqichida ishtirok etish imkoniga ega bo'ladi.
Birinchi bosqich 12-17-yanvar kunlari bo'lib o'tadi.
Ikkinchi bosqich 19-yanvar kuni o'tkaziladi.
Faxrli o’rinlarni qo’lga kiritgan jamoalar diplom hamda quyidagi miqdordagi pul mablag’lari bilan rag’batlantiradi:
Tanlov Zoom platformasi orqali tashkil etiladi.
Batafsil ma'lumot uchun: @erahmatov0404 90-610-87-77 Elyor Rahmatov
Tanlov nizomi bilan bu yerda tanishing : https://t.me/tsulfestival/26