February 10, 2022

#tanlov_конкурс

“Uchinchi renessans – yoshlar nigohida”

Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda “Uchinchi renessans – yoshlar nigohida” nomli respublika tanlovi tashkil qilinmoqda.

✅ Tanlov 35 yoshgacha bo‘lgan oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida ilmiy-izlanish olib borayotgan yosh manbashunos olimlar, tadqiqotchi va magistrlarni qo'llab-quwatlash hamda ularning ilmiy izlanishlari, tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish maqsadida tashkil etilmoqda.

✔️Tanlovda ishtirok etish uchun har bir nominatsiya bo'yicha quyidagi mazmundagi taqdimotlar taqdim etishlari mumkin:

👉besh muhim tashabbusni keng joriy etishning ilg'or texnologiyalari nominatsiyasi;

👉yoshlar o'rtasida IT texnologiyalarini rivojlantirishning zamonaviy usullari nominatsiyasi;

👉xorijiy tillarni o'zlashtirishning zamonaviy usullari nominatsiyasi;

👉yoshlar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishning ta'sirchan mexanizmlari nominatsiyasi;

👉yoshlarning sifatli ta'lim olishini ta'minlash, inklyuziv ta'limni rivojlantirishda innovatsion yechimlar nominatsiyasi;

👉yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqtirishning noan'anaviy usullari nominatsiyasi;

🕐Tanlov  may-iyun va avgust-oktabr oylari davomida ikki bosqichda o‘tkaziladi:

1️⃣ - Boshlang'ich birinchi bosqich –  universitet bosqichi (1-may va 1-avgustga qadar);

2️⃣ - Respublika (yakuniy) bosqich – Yoshlar ishlari agentligida (10-avgust va 20-oktabrga qadar) o‘tkaziladi.

📄Tanlov ishtirokchilari har bir nominatsiya bo'yicha bittadan tayyorlagan hujjatni (taqdimot) taqdim etadilar.

📝Tanlov ishtirokchilarining  taqdim etgan loyihalari har bir yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislardan tuzilgan Hakamlar hay’ati tomonidan 100 ballik tizimda baholanadi.

💵Tanlov g‘oliblari diplom hamda pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.