March 20, 2025

 “Toshkent shahar prokurori stipendiyasi” uchun roʻyxatdan oʻtish boshlandi!

👉 Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:
2–4-kurs talabalari uchun umumiy oʻzlashtirish koʻrsatkichi oldingi oʻquv yili oxirgi semestri davomida 80 va undan ortiq foizni tashkil etishi (oʻrganilayotgan davrda nomzod fanlardan akademik qarzdor boʻlmasligi) lozim. Ushbu mezon 1-kurs talabalari uchun tatbiq etilmaydi;

• nomzodlarning oʻzlari tahsil olayotgan taʼlim muassasalarida belgilangan ichki-tartib qoidalari hamda Odob-axloq kodeksida belgilangan qoidalarga rioya qilishi va namunali xulq-atvorga ega boʻlishi kerak (bunda oʻqish davrida nomzodga nisbatan taʼlim muassasasi rahbarining tegishli buyrugʻi bilan intizomiy chora qoʻllanilmagan boʻlishi kerak).

Davlat stipendiyalari, Prezident granti hamda universitet faoliyati bilan bogʻliq tarzda eʼlon qilingan stipendiyalar (“Adliya vazirligi”, “Jadid tafakkuri”, “Gʻafur Gʻulom”, “Xadicha Sulaymonova” “Toshkent davlat yuridik universiteti”) hamda grantlar (“Adliya vazirligi”, “Toshkent davlat yuridik universiteti”)ni qoʻlga kiritgan talabalar hamda minimal talablarni bajarmagan nomzodlar stipendiya uchun oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok eta olmaydi.

Tanlovni oʻtkazish bosqichlari:

1-bosqich. Test sinovi. Bunda test savollari talaba tahsil olayotgan kurs doirasida oʻtilayotgan modullar va xorijiy tillar yuzasidan tuziladi. Har bir kurs uchun alohida-alohida bazalar shakllantiriladi.

2-bosqich. Taqdimot bosqichi. Bunda test sinovida kurslar kesimida eng yuqori ball olgan 10 nafar nomzod belgilangan mezonlar asosida huquqiy mavzudagi, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni qamrab olgan taqdimot tayyorlashlari zarur.

3-bosqich. Ogʻzaki savol va javob bosqichi. Bunda 2-bosqichda kurslar kesimida eng yuqori natija olgan 3 nafar nomzod komissiya ishtirokchilari tomonidan ogʻzaki savol-javob qilish orqali yakuniy gʻolib aniqlanadi.

⏳ Stipendiya uchun tanlovda ishtirok etishni istagan talabalar 29-mart 12:00 ga qadar quyidagi link orqali roʻyxatdan oʻtishi kerak.. (https://forms.gle/NkVJdXz5B4tSTHh48)