January 28, 2025

Toshkent davlat yuridik universiteti Yoshlar akademiyasi liderligi hamda fakultet liderligi uchun tanlov e'lon qilinadi

Tanlovda universitetning barcha talabalari quyidagi talablarga javob bergan holda ishtirok etishlari mumkin:

Toshkent davlat yuridik universiteti Yoshlar akademiyasi liderligi uchun: 1. Xorijiy tillarni bilish darajasi sertifikati (kamida B2 daraja); 2. Kamida 2 ta ilmiy maqola chop etgan bo'lishi; 3. Liderlik va tashkilotchilik qobilyatiga ega bo'lishi; 4. Boshqa yutuqlarga erishganlik. ("Startup" go'yasi bo'lgan nomzodlarga ustunlik beriladi).

Toshkent davlat yuridik universiteti Yoshlar akademiyasi fakultet liderligi uchun: 1. Xorijiy tillarni bilish darajasi sertifikati (kamida B2 daraja); 2. Kamida 1 ta ilmiy maqola chop etgan bo'lishi; 3. Boshqa yutuqlarga erishganlik.

Toshkent davlat yuridik universiteti Yoshlar akademiyasi liderligi uchun hamda Toshkent davlat yuridik universiteti Yoshlar akademiyasi fakultet liderligi uchun tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi https://forms.gle/wALJuECmLPhboLrv7 manzildan 2025-yil 6-fevralga qadar ro'yxatdan o'tishlari zarur. Ro'yxatdan o'tgandan so'ng 6-fevral sanasida yuqorida talab etilgan hujjatlarni olgan holda soat 11:00 da 221-xonada boshlanadigan suhbatga kelishlari lozim.

Yoshlar akademiyasi liderlari loyihasida ishtirok etish nima beradi?

  • Ozbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan biznesni tashkil etish va rivojlantirish, shu jumladan, biznes-rejalar va ta’sis hujjatlarini tayyorlash, sug‘urta, buxgalteriya, hisobot berish, biznes-sheriklami, mini-texnologiyalar va uskunalami topish bilan bog’liq xizmatlarini tashkil etish bo’yicha muntazam o‘tkaziladigan mahorat darslarida qatnashish;
  • davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajariladigan yosh olimlar ilmiy-texnik loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining xorijiy tashkil otlarda malaka oshirish va stajirovkalar bo‘yicha dasturlarida ishtirok etish;
  • Yoshlar akademiyasi tomonidan xorijiy davlatlaming nufuzli tashkilotlarida
    tashkil etiladigan malaka oshirish dasturlarida ishtirok etish.
  • Ilmiy faoliyat bilan shug'illanishda boshqalarga qaraganda ustunroq bo'lish hamda tashkilotchilik va liderlik qobilyatlarini rivojlantirib olish.

Quyidagilar Yoshlar akademiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
- iqtidorli va tashabbuskor yoshlar bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borish hamda ulami mamlakatning yetakchi olimlari va ishbilarmonlari bilan hamkorligini ta’minlash;
- Oliy ta’lim muassasalaridagi iqtidorli yoshlami aniqlash, innovatsion loyihalarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash;
- davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda yoshlaming ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini oshirish;
- iqtidorli yoshlami rivojlangan xorijiy mamlakatlaming nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish korxonalarida malaka oshirishlariga kohnaklashish;
- ilmiy-tadqiqotlami bajarish ishtiyoqiga ega iqtidorli yoshlami qotllab-quwatlash, amaliy va innovatsion tadqiqotlami olib borishlariga imkon yaratish, yangi avlod yosh olimlarini tayyorlash bo’yicha tizimli ishlami amalga oshirish;
- yosh olimlar tomonidan aniq vazifalami hal etishga, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori boMgan ilg‘or texnologik ishlanmalami ishlab chiqishga qulay sharoitlar yaratish;
- ilmiy-innovatsion akselerator va biznes-inkubatorlami tashkil etish asosida tashabbuskor yoshlami tadbirkorlik faoliyatiga yo'naltirish;
- yoshlarning startap-loyihalarini xo‘jalik boshqaruvi organlari va davlat ulushi mavjud korxonalami izchil rivojlantirish bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan, tijoratlashtirish darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlar vaxizmatlami ishlab chiqarishga yo‘naltirish;
- i]m-fan sohasida o’z o‘mini topib borayotgan, kelajakda mamlakat ilm-fani nufuziga o‘z hissasini qo‘sha oladigan bo‘lajak akademiklar jamoalarini shakllantirib borish;
- xalqaro va mahalliy darajada e’tirof etilgan tashkilotlar, universitetlar, ilniiy markazlar bilan yaqindan aloqalar o‘matish, darning olimlari va mutaxassislari ishtirokida mahorat darslari, treninglar, shuningdek, dolzarb ilmiy-innovatsion yo'nalishlar bo‘yicha konferensiyalar, seminarlar va tanlovlar o‘tkazish.

Yoshlar akademiyasi liderlari - Yoshlar akademiyasining a’zolari hisoblanib, ularning faoliyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limi tomonidan nazorat qilinadi.

Yoshlar akademiyasi liderlarining asosiy maqsadi oliy ta’lim muassasalari va hududlarda Yoshlar akademiyasini targhb qilish, talaba-yoshlami ilmiy-innovatsion sohaga keng jalb qilish, ulami ilmiy-innovatsion g‘oyalari, loyihalari va ishlanmalarini rivojlantirish hamda maqsadli yo‘naltirish, shuningdek, iqtidorli yoshlami, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, tashabbuslarini amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat.

Yoshlar akademiyasi liderlari tizimi quyidagilardan iborat:
IV daraja - Oliy ta’lim muassasalarida Yoshlar akademiyasining fakultet liderlari;

III daraia - Oliy ta’lim muassasalaridagi Yoshlar akademiyasi liderlari;

II daraja - Hududlardagi Yoshlar akademiyasi liderlari;

I daraja - Yoshlar akademiyasi platformalarining liderlari.