December 17, 2021

#gafur_gulom #kino

TDYUda G'afur G'ulom hayoti va ijodiga bag'ishlangan "Men o‘zbek shoiriman" hujjatli filmi namoyishi bo'lib o'tdi.

"... Hayot sharobidan bir qultum yutay,
Damlar g‘animatdir, umrzoq soqiy.
Quyosh-ku falakda kezib yuribdi,
Umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy."

Bugun Toshkent davlat yuridik universitetida Kinematografiya agentligi hamkorligida suratga olingan "G'afur G'ulom. Men o'zbek shoiriman" hujjatli filmi namoyishi bo'lib o'tdi. Film taqdimotida universitet Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor A. Xoshimxonov, hujjatli film rejissori M. Odilov, hamda ssenariy muallifi Rahmon Qo'chqor so'zga chiqdilar. Ushbu hujjatli film o'zbek adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri G'afur G'ulom hayoti va ijodiga bag' ishlangan bo'lib, uning tarixga boy sahnalari kino muhlislarini qalbidan joy olishga ulgurdi. Filmda shoirning qisqa, biroq mazmunli umri, hayoti davomida duch kelgan qiyinchiliklar, yutuqlar sarhisob qilingan.

O‘zbekiston xalq shoiri G'afur G'ulom hayoti va ijodiga bag‘ishlangan filmda taniqli ijodkorlarning intervyulari va xotiranomalari o‘rin olgan. Shuningdek, shoirning shartli obrazi orqali ijodiy kayfiyati, iztiroblari, yozish jarayonlari manzarasi yoritiladi. G'afur G'ulom tug‘ilib o‘sgan qishloq, bolaligi, gazeta va jurnallarda chop etilgan she’rlaridan unumli foydalanilgan.‌‌

Toshkent davlat yuridik universitetida kinofilm 2 ta seansda namoyish etildi, tomoshabin sifatida 300 nafar talabalar ishtirok etdi.

________________

В ТГЮУ прошел показ документального фильма "Я поэт узбекского народа".

Сегодня в Ташкентском государственном юридическом университете прошел показ документального фильма «Гафур Гулом. Я поэт узбекского народа», снятого совместно с Агентством кинематографии. С презентацией фильма выступили проректор по делам молодежи и духовному просвещению А. Хошимханов, кинорежиссер М. Адилов и сценарист Рахмон Кочкор. Фильм посвящен жизни и творчеству Гафура Гулама, одного из самых известных представителей узбекской литературы, а его богатые исторические сцены покорили сердца киноманов. Фильм подводит итог короткой, но содержательной жизни поэта, трудностям и достижениям, с которыми он сталкивался на протяжении всей своей жизни. Условный образ поэта освещает его творческое настроение, страдания и писательский процесс,использовались место рождения поэта , его опубликованные стихи в газетах и ​​журналах.‌‌‌‌

Фильм был показан в двух сеансах в Ташкентском государственном юридическом университете, в которых приняли участие 300 студентов.‌‌