December 24, 2021

#yangilik #новость

Yangi Talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi. (+550)


Bugun Uchtepa tumanida joylashgan 3-sonli Talabalar turar joyining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.


Tadbirga universitet rektori A.Tashkulov, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri o’rinbosari R.Xakimov hamda Yuridik fanlari doktori, professor H.Boboyevlar tashrif buyurib talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar hamda ular tomonidan rasmiy lenta kesildi.
Talabalarni mazkur munosabat bilan tabriklab ularga iliq tilaklar bildirildi.


Toshkent davlat yuridik universitetining 3-son talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-son qarorida ham bu borada bir qator vazifalar belgilangan.
Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan Toshkent shahar yuridik texnikumida mavjud bo‘sh turgan ko‘p qavatli bino qayta ta’mirlanib talabalar uchun qo‘shimcha 550 oʻringa moʻljallangan, zamonaviy talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi. Mazkur 4 qavatli talabalar turar joyida o'z-o'ziga xizmat ko'rsatishga mo’ljallangan keng 8 ta oshxona, madaniy dam olish xonalari mavjud.
Mazkur talabalar turar joyida barcha qulayliklar mavjud bo`lib, unda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusni hayotga joriy etish amaliyotlari xonasi o`rin olgan. Talabalar bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qiluvchi kutubxona, ma’daniyat xonasi, kompyuter xona ham mavjud. Yangi binoning har bir qavati talabalar uchun oshxona, yuvinish xonasi va zamonaviy kir yuvish mashinasi bilan ta`minlangan.
Talaba-yoshlarning jismoniy madaniyatini yanada oshirish, sport bilan shug‘ullanishlari uchun munosib sharoit yaratish maqsadida sport zali, o‘g‘il bolalar va qizlar alohida fitnes zallari foydalanishga topshirildi.‌‌

========


Сдано в использование новое студенческое общежитие.(+550)


Сегодня состоялась торжественная церемония открытия студенческого общежития № 3 Учтепинского района.


В мероприятии приняли участие ректор университета А.Ташкулов, заместитель министра высшего и среднего специального образования Р.Хакимов и доктор юридических наук, профессор Х.Бобоев, которые ознакомились с условиями, созданными для студентов, и перерезали официальную ленточку.


Студентов поздравили с праздником и выразили им теплые пожелания.
Общежитие № 3 Ташкентского государственного юридического университета сдано в эксплуатацию.
Постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан № 563 от 9 сентября 2021 года «О мерах по повышению уровня обеспеченности жильем студентов высших учебных заведений республики» также поставлен ряд задач в этой связи.
Освободившееся многоэтажное здание Ташкентского городского юридического колледжа в Учтепинском районе Ташкента отремонтировано и сдано в использование современное общежитие на 550 мест. В 4-этажном общежитии есть 8 просторных кухонь самообслуживания и культурные залы.
В общежитии есть все удобства, в том числе тренажерный зал для реализации 5 инициатив, выдвинутых Президентом. Также есть библиотека, комната культуры и компьютерный класс, чтобы помочь студентам организовать свое свободное время. Каждый этаж новостройки оборудован кухней для студентов, санузлом и современной стиральной машиной.
В целях дальнейшего повышения физической культуры студентов, создания благоприятных условий для занятий спортом сдан в эксплуатацию спортивный зал, отдельные фитнес-залы для мальчиков и девочек.‌‌