December 14, 2021

#toshkent_yoshlarni_sevadi

Xabaringiz bor, joriy yilning noyabr-dekabr oylari davomida Toshkent shahrida “Toshkent yoshlarni sevadi!” shiori ostida Yoshlar oyligi oʻtkazilmoqda. Mazkur oylik doirasida yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligiga
koʻmaklashish, tadbirkorlik gʻoya va tashabbuslarini ragʻbatlantirish, taʼlim olish salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy kasblar, marketing va menejment, inson resurslarini boshqarish kabi sohalardagi bilimlarini oshirish
maqsadida joriy yilning 14—17-dekabr kunlari Toshkent shahar yoshlar markazida “Taʼlim va tadbirkorlik haftaligi” tashkil etilmoqda.


Ushbu haftalik doirasida Muhammadali Eshonqulov, Akmal Payziev, Odilbek Mirzaev, Umidjon Ishmuhammedov, Davron Turdiyev, Laziz Adhamov, Hasan Mamasaidov, Husan Mamasaidov kabi koʻplab xalqaro toifadagi tajribali ekspertlar bilan biznes-trening, aqliy rivojlanish boʻyicha uchrashuvlar tashkil etish rejalashtirilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olib Sizdan, mazkur “Taʼlim va tadbirkorlik haftaligi” doirasida oʻtkaziladigan uchrashuvlarga rahbarligingizdagi oliy taʼlim muassasasida tahsil olayotgan sohaga qiziquvchi (har bir uchrashuvga 50 (ellik) nafardan) talaba-yoshlarni Oʻzbekiston yoshlar itttifoqining boshlangʻich tashkiloti Yoshlar
yetakchisi boshchiligida ishtirok etishini taʼminlashda amaliy yordam berishingizni
soʻraymiz. Uchrashuvlarni oʻtkazish boʻyicha reja-grafik ilova qilinadi.

Izoh: Uchrashuvlar Toshkent shahar yoshlar markazida oʻtkaziladi.


Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet koʻchasi 2-uy

=======================

Как известно, в ноябре-декабре этого года в Ташкенте «Ташкент любит молодежь!» В кругу этого месяца поставлена цель на поддержку молодых людей, их трудоустройство, поощрение предпринимательских идей и инициатив, повышение способности к обучению, повышение знаний в современных профессиях, маркетинг и менеджмент, управление человеческими ресурсами. 14-17 декабря в Ташкентском молодежном центре проводится Неделя образования и предпринимательства. Пройдут различные тренинги с опытными экспертами.