February 28, 2022
60 yosh muborak...
💐Bugun ustozimiz, yuridik fanlar nomzodi, Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi dotsenti Ermatov G'ayratjon Oqmirzayevich o'zlarining 60 yoshlarini qarshi olmoqdalar.
• Ustoz G'ayratjon Oqmirzayevich 30 yildan ortiqroq davr mobaynida yuridik ta'lim sohasida mehnat qilib soha rivoji uchun o'zlarining beminnat hissalarini qo'shib kelmoqdalar.
• Fursatdan foydalanib, Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi bugun rektor A.Tashkulov boshchiligida G'ayratjon Oqmirzayevichni ushbu qutlug' bilan tabrikladilar.
• TDYU jamoasi va talabalari nomidan ustozni yana bir bor tabriklaymiz.
Toshkent davlat yuridik universiteti
MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT MARKAZI