“Miss Yurist–2022” ko‘rik-tanlovi
“Miss Yurist–2022” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish tartibi
👑👑👑
1. “Miss yurist–2022” ko‘rik-tanlovi Toshkent davlat yuridik universiteti talaba-qizlari o‘rtasida o‘tkaziladi.
2. Iqtidorli talaba-qizlarni aniqlash va rag‘batlantirish, talaba-qizlar o‘rtasida sog‘lom raqobat va ijodkorlik muhitini yaratish, ularda erkin fikr bildirish, notiqlik mahoratini oshirish, fuqarolik pozitsiyalarini mustahkamlash, jamoatchilik fidoiylik fazilatlarini shakllantirish, talabalik nufuzini oshirish Tanlovni o‘tkazishning maqsadi hisoblanadi.
Bunda ishtirok etish istagini bildirgan talaba-qizlar fakultet dekanatlari tomonidan nizomda ko‘rsatilgan talablar asosida kasting qilib tanlab olinadi. Kasting jarayonlari adolatli, ochiq, oshkora va shaffof shaklda o‘tkaziladi. Tanlab olish bilan bog‘liq barcha jarayonlar fakultet dekanatlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilib boriladi.
Fakultet bosqichida talabalarning bilim va mahoratlarini baholash uchun fakultet dekani boshchiligida ishchi guruh shakllantiriladi. Ishchi guruh tarkibi malakali professor-o‘qituvchilar, xotin-qizlar masalasi bo‘yicha mas’ul xodimlar va faol talabalardan shakllantiriladi.
Testlar umumiy huquqning boshlang’ich bilimlari, ijtimoiy va siyosiy fanlardan tuziladi. Testdan yuqori natijani qo‘lga kiritgan talabalar suhbat o‘tkazish uchun tavsiya qilinadi.
Suhbatda nomzodlar quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi.
muammoli vaziyatdan chiqa olish qobilyati;
5. Tanlovning universitet bosqichda jami 10 nafar talaba-qizlar ishtirok etadi. Tanlovning universitet bosqichi 4-mart kuni o‘tkaziladi.
6. Tanlov ishtirokchilari 4 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashadilar.
Bunda qizlar o‘zlarining kiyinish madaniyati, o‘zbekona odobi, uy bekalik faoliyatini qay darajada amalga oshirishi, ijodiy va intellektual salohiyati hamda egallagan bilimlarini amalda ko‘rsata bilishlari talab etiladi. Ishtirokchilarning shartlar bo‘yicha chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan 5 ballik me’zon asosida baholanib boriladi.
Hakamlar hay’ati tarkibi ilm-fan va madaniyat sohasida yuqori natijalarga erishgan va tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar orasidan tanlab olinadi.
1-shart: Tanishtiruv sharti. Bunda ishtirokchilar 8 daqiqalik vaqt reglamentiga amal qilgan holda ijodiy yondashuv asosida chiqish qiladilar. Shart so’ngida 1-1,5 vaqt mobaynida ishtirokchilar jamiyatda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va bu boradagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar taqdim etadilar. Ushbu shartda nomzodlardan tashqari yordamchi ishtirokchilar ham sahnaga chiqish huquqiga ega. (She’r, qo‘shiq, raqs….)
2-shart: Savol-javob sharti. Ushbu shart blits savol-javob orqali amalga oshiriladi. Bunda ishtirokchilarga huquqiy yo‘nalishdagi 10 ta savollar beriladi hamda bu shart tezkor tarzda olib boriladi. Qizlar yashiringan konvertlardan birini tanlaydilar savollarga tezkorlik bilan javob beradilar. (Rus tili guruhlarida ta’lim oladigan talaba qizlar savollarga rus tilida javob beradilar)
3-shart: Ishtirokchilarning uy ishlarini qay darajada bajara olishlarini sinash maqsadida kutilmagan vazifa beriladi. Shart tanlov o‘tkazilishi belgilangan kundan 2 kun avval o‘tkaziladi hamda video tasvirga olinadi. Bajariladigan vazifalar shart o‘tkaziladigan vaqtda e’lon qilinadi.
4-shart: Ushbu shartda ishtirokchilar kazuslar (muammoli vaziyat)larni sahnalashtirishlari lozim. Ishtirokchi sahnalashtirgan kazusi orqali yuridik sohada faoliyat yuritadigan ayol kasb egalari qahramonlari obrazini, uning etikasini aktyorlik mahorati orqali yoritib berishlari talab etiladi. Ishtirokchilarning qaysi kazuslarni sahnalashtirishlari tanlov o‘tkaziladigan kundan avval qura tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Shart uchun 10 daqiqalik vaqt reglamenti belgilanadi. Ushbu shartda nomzodlardan tashqari yordamchi ishtirokchilar ham sahnaga chiqish huquqiga ega.
7. “Miss Yurist” – 2022” ko‘rik-tanlovining fakultet bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan ishtirokchi fakultet dekanati tomonidan darajali diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.
“Miss Yurist” – 2022” ko‘rik-tanlovining universitet bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan ishtirokchi Toshkent davlat yuridik universiteti rektori tomonidan darajali diplom, tanlov statuetkasi hamda maxsus sovg‘a bilan taqdirlanadi.
Tanlov nizomiga muvofiq g‘olib ishtirokchiga tanlovning ramziy tojini hamda lentasini tantanali ravishda “Miss Yurist–2021” ko‘rik-tanlovi sohibasi taqdim etadi.
8. Bir mavsumda ko‘rik-tanlovning g‘olibasi bo‘lgan talaba keyingi mavsumda ishtirok eta olmaydi. Uning o‘zi g‘olib bo‘lgan mavsumdagi mavqei saqlab qolinadi.
Toshkent davlat yuridik universiteti
MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT MARKAZI