February 14

Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti talabalari G‘afur G‘ulom uy muzeyiga ekskursiya qilishdi

Sayfullo Sayfiddinov tomonidan tayyorlandi

📆 Joriy yilning 14-fevral kuni Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti talabalari atoqli o‘zbek shoiri va yozuvchisi G‘afur G‘ulom uy muzeyiga ekskursiya uyushtirishdi.

🎓 Mazkur madaniy-ma’rifiy tadbir fakultetning faol talabalari tomonidan Muratbayeva Aysulu tashabbusi bilan tashkil etildi.

📝 Ekskursiyaning asosiy maqsadi talabalarni o‘zbek adabiyoti va madaniy merosiga yaqinroq tanishtirish, shuningdek, huquqshunoslik ta’limiga madaniy-ma’naviy mazmun bag‘ishlash edi. G‘afur G‘ulom uy muzeyi O‘zbekistonning madaniy merosini asrashga qaratilgan muhim maskanlardan biri bo‘lib, u yerdagi eksponatlar buyuk shoirning hayoti, ijodi va davrini yorituvchi qimmatli ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

🤝 Ekskursiya so‘ngida talabalar muzey xodimlariga minnatdorlik bildirdilar va tadbir yakunida talabalarning aksariyati tomonidan qiziqarli savollar va fikr-mulohazalar bildirildi.