November 19, 2024

"BO‘LAJAK ADLIYA XODIMI" TANLOVINING XALQARO HUQUQ VA QIYOSIY HUQUQSHUNOSLIK FAKULTETI BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda kelajakda adliya tizimida ishlash istagida bo'lgan talabalar uchun "Bo'lajak adliya xodimi" tanlovining Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti bosqichi o‘tkazildi.

Ma'lumot uchun, tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, I, II va III o‘rinlarni egallagan hamda tegishli  nominatsiyalarga ega bo‘lgan ishtirokchilar Adliya vazirligining ishga qabul qilish  bo‘yicha maxsus komissiyasi xulosasi asosida tanlovsiz vazirlik tizimiga ishga qabul qilinadi.

Saralash bosqichi boʻyicha oʻtkazilgan tanlovda ishtirok etgan talabalar hakamlar hay’atining adolatli va shaffof tarzda baholab borgan hakamlar hay'atining yakuniy xulosasiga ko‘ra keyingu bosqichga yoʻllanma olishdi.