September 10

“Yoshlar va ekologiya” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

✅ Joriy yilning 9-sentyabr kuni Toshkent davlat yuridik universitetida “Yoshlar va ekologiya” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

📝 Tadbirni O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Ergash Moxinurxon Odilxon qizi olib bordi.

🌱 Trening jarayonida:

⏺talabalarga ekologik qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar va deputatlarning ushbu sohadagi vakolatlari haqida ma’lumot berildi;
⏺jamoalar shakllantirilib, ularga ekologik kazuslar bo‘yicha muammoli vaziyatlar taqdim etildi, talabalar esa o‘z taklif va yechimlarini ilgari surdilar.

🤝 Ushbu seminar-trening yoshlarda ekologik muammolarni aniqlash, ularga amaliy yechim topish ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan birga, ularni atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil hududlarni kengaytirishda faol bo‘lishga undadi.