July 3

"Majburiy migratsiyani xalqaro-huquqiy tartibga solish" va "O‘zbekiston Respublikasining xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorligi" mavzularida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat yuridik universitetida ilmiy va amaliy jihatdan muhim bo‘lgan mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.

Mahorat darslari Majburiy migratsiyani xalqaro-huquqiy tartibga solish» va «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorligi» mavzulariga bag‘ishlandi.

Ushbu mahorat darslarida O'zbekistondagi BMTning Taraqqiyot Dasturining Atrof-muhit va iqlim Harakati Klasteri rahbari Paluniyazov Bakhadur ishtirok etib, o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi professori M.A.Raximova tomonidan tashkil etilgan mahorat darslari majburiyi migratsiyaning nazariy asoslari, uning turlari va amaldagi qo‘llanilishi, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorligi haqida fikr almashildi. Talabalar amaliyot bilan bog‘liq ko‘plab savollarga javob oldilar, hayotiy misollar asosida bilimlarini mustahkamlashdi.