BOSH PROKURATURA MUZEYIDA “XALQARO JINOYAT HUQUQI” MAVZUSIDA MAHORAT DARSI TASHKIL ETILDI
📆 Joriy yilning 4-noyabr kuni Bosh prokuratura muzeyida Toshkent davlat yuridik universiteti “Xususiy huquq” fakultetining 2-bosqichida tahsil oluvchi 90 nafar talaba uchun “Xalqaro jinoyat huquqi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
⚡️ Ushbu ma’ruza Toshkent davlat yuridik universiteti "Xalqaro huquq va inson huquqlari" kafedrasi professori Rahimova M. tashabbusi bilan tashkil etildi.
📝 Mashg‘ulot davomida talabalar O‘zbekiston prokuraturasi faoliyatining tarixiy bosqichlari va bugungi kunidagi muhim vazifalar bilan yaqindan tanishdilar. Ularga amaliyot doirasida prokuratura organlari faoliyati, ularning vazifalari va majburiyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
📚 Talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi, shuningdek, ular prokuratura sohasi bo‘yicha amaliy bilimlarni to‘ldirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.