September 14

TDYU Yoshlar ittifoqida koordinatorlar tanlovi yakunlandi

✅ Toshkent davlat yuridik universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan e’lon qilingan koordinatorlar tanlovi doirasida suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

📝 Suhbatlarni Yoshlar ittifoqi raisi U. Sobirov, shuningdek, koordinatorlar S. Jo‘rayeva, S. Baxriddinov va S. Najmiddinova olib bordilar.

📨 Jarayon davomida talabgorlarning anketalari shakllantirilib, ular Yoshlar ittifoqiga yuboriladi. Munosib deb topilgan nomzodlar keyinchalik tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha koordinatorlik lavozimiga tayinlanadi.

📆 Ikki kun davomida o‘tkazilgan suhbatlarda 150 nafardan ortiq talabalar faol ishtirok etdi. Bu esa talabalarning tashabbuskorligi va universitet ijtimoiy hayotida faol bo‘lishga bo‘lgan katta qiziqishini ko‘rsatdi.