“XADICHA SULAYMONOVA SIRLI MEROSI: ADOLAT IZLAB” – TALABALAR TURAR JOYIDA O‘TKAZILGAN INTELLEKTUAL QUEST-VIKTORINA
📆 Joriy yilning 17-may kuni Toshkent davlat yuridik universiteti Talabalar turar joyi hududida o‘zgacha formatdagi intellektual tadbir – “Xadicha Sulaymonova sirli merosi: Adolat izlab” nomli quest-viktorina bo‘lib o‘tdi.
🎓 Visola To‘lqinova tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbir buyuk akademik olima Xadicha Sulaymonovaning boy ilmiy merosi, adolat yo‘lidagi fidokorona faoliyati va tarixiy xotirasini e’zozlash maqsadida o‘tkazildi.
📊 Tadbir step-by-step – ya’ni bosqichma-bosqich formatda tashkil etilgan bo‘lib, ishtirokchilar bir nechta murakkab va qiziqarli intellektual sinovlardan o‘tishdi. Viktorinaning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘ldi:
🖼 Puzzle rasmlarni jamlash – bunda Xadicha Sulaymonovaning hayoti va faoliyati bilan bog‘liq vizual tasvirlarni to‘g‘ri tartibda birlashtirish;
❓ Sirli savollarga javob berish – tarixiy, ilmiy va huquqiy bilimlarni sinovdan o‘tkazuvchi maxsus tayyorlangan savollar orqali;
🔍 Yashiringan topishmoqlarni izlab topish – universitet hududida maxsus yashirilgan manzillar bo‘yicha topishmoqlarga asoslangan yo‘nalishlar bo‘yicha harakat qilish.
📝 Tadbir yakunida quyidagi jamoalar faxrli o‘rinlarni egallashdi:
🥇 1-o‘rin – "Sudyalar" jamoasi;
🥈 2-o‘rin – "Obscure Lex" jamoasi;
🥉 3-o‘rin – "The Best" jamoasi egallashdi.
📚 Quest-viktorina davomida talabalar nafaqat bilim va tafakkurlarini sinovdan o‘tkazishdi, balki jamoaviy ishlash, mantiqiy fikrlash, tarixiy merosni anglash va adolat tushunchasining mohiyatini chuqur his etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
🤝 Bu kabi tadbirlar nafaqat akademik muhitni boyitadi, balki yoshlarda vatanparvarlik, ilm-fanga bo‘lgan hurmat, buyuk siymolarimiz merosiga sadoqat ruhini ham tarbiyalaydi. Xadicha Sulaymonovaning ilmiy faoliyati yosh avlod uchun ibrat manbai bo‘lib qolaveradi.