September 21

TALABA QIZLAR YO‘NALISHI TASHABBUSI BILAN "QIZLAR BOOST" LOYIHASI ILK SONI O‘TKAZILDI

Sayfullo Sayfiddinov

📝 Toshkent davlat yuridik universitetida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni xalqaro grantlar, loyihalar hamda ta’lim sohasidagi imkoniyatlar haqida xabardor qilish maqsadida navbatdagi muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

⚡️ Tadbirda Respublika “Qizlar ovozi” klubi rahbari Marjonaxon Jurakulova ishtirok etib, talaba-qizlar bilan ochiq muloqot olib bordi. Suhbat davomida qizlar xalqaro grantlarda ishtirok etish tartibi, ijtimoiy loyihalardagi imkoniyatlar, ta’limning ahamiyati va shaxsiy rivojlanishga oid foydali maslahatlarni oldilar.

🎓 Mazkur uchrashuv davomida talaba qizlar yo‘nalishi koordinatori tomonidan yangi tashabbus – “Qizlar Boost” loyihasi taqdim etildi. Ushbu loyiha yosh qizlarning ijtimoiy hayotdagi faolligini kuchaytirish, ularning tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

🏛 Shuningdek, tadbirda TDYU Xotin-qizlar kengashi raisi Umida Pulatovna ham ishtirok etib, talaba-qizlarni ilmiy izlanishlar, jamoatchilik ishlari va ta’lim jarayonidagi muvaffaqiyatlari bilan bir qatorda, o‘zining irodasi va tashabbusi bilan ham yetakchi bo‘lishga chaqirdi.