November 7

Xorijiy davlatlardagi O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalarida amaliyot o‘tab qaytgan Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📝 Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarida xalqaro munosabatlar sohasida tahsil olayotgan talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalarida tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 551-son qarori mazmun mohiyati talabalarga tushuntirildi.

📊 Uchrashuv davomida talabalar tomonidan berilgan savollar va takliflarga universitet mas'ul xodimlari tomonidan yetarlicha javob berib o'tildi.