June 11

TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI VA BRUNEL UNIVERSITETI O‘RTASIDA HAMKORLIK YO‘LGA QO‘YILDI

Sayfullo Sayfiddinov tomonidan tayyorlandi

📝 “Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumi doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti va Buyuk Britaniyaning Brunel universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandum imzolandi.

📚 Hujjatga ko‘ra, Brunel universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturi, professor-oʻqituvchilar va talabalar akademik almashinuvini yoʻlga qoʻyish, hamkorlikda turli ilmiy va boshqa tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

❗️Ma’lumot uchun: Brunel universiteti “QS World Universites Ranking” xalqaro reytingida 342-oʻrinni egallagan.