June 11

TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETIDA XALQARO IQTISODIY HUQUQ BO‘YICHA XORIJIY PROFESSORLAR ISHTIROKIDA MAHORAT DARSI BO‘LIB O‘TDI

Sayfullo Sayfiddinov tomonidan tayyorlandi

📆 Joriy yilning iyun oyida Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi tashabbusi bilan “Xalqaro ommaviy huquq” fani doirasida magistratura va sirtqi ta’lim fakultetining 3-kurs talabalari uchun ingliz tilida o‘tkazilgan navbatdagi mahorat darsida xalqaro darajadagi mutaxassislar ishtirok etdi.

📚 Darsni kafedraning dotsenti Maxamatov Maxmud Maxamataminovich olib bordi. Mazkur mashg‘ulot mavzusi “Xalqaro iqtisodiy huquq” bo‘lib, talabalar uchun nazariy va amaliy bilimlarni uyg‘unlashtirishga qaratilgan interaktiv shaklda o‘tdi.

🤝 Mazkur darslarga Portugaliyaning nufuzli Koimbra universitetining xalqaro iqtisodiy huquq sohasidagi taniqli mutaxassislari — professor Daniela Nascimento va professor Maria Raquel maxsus taklif etildi.

📝 Shuningdek, kafedra o‘qituvchisi Alijonov Ayubjon Qobiljon o‘g‘li tomonidan ham xorijlik mutaxassislar bilan birgalikda mahorat darslari olib borildi. Mashg’ulot “Jahon savdo tashkiloti doirasida rivojlanayotgan davlatlarga beriladigan imtiyozlar” mavzusida olib borilib, unda talabalar uchun qiziqarli hamda foydali ma’lumotlar va tahlillarga boy xorijiy amaliyotdagi misollar bilan hamohang tarzda o‘tkazildi.

⚡️ Professor Daniela Nascimento 2020-yil 20-fevraldan 2022-yil 13-aprelgacha Koimbra universiteti Iqtisodiyot fakultetida aspiranturadan keyingi ta’lim va malaka oshirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Hozirda u fakultetning Ilmiy kengashi a’zosi, shuningdek, Portugaliya Milliy Mudofaa vazirligi qoshidagi Oliy harbiy ta’lim kengashining maslahatchisi hisoblanadi.

❗️Ma’lumot o‘rnida: Koimbra universiteti 1290-yilda tashkil topgan bo‘lib, YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. U dunyoning eng qadimiy oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, 2024-yilgi eng yaxshi universitetlar QS reytingida 351-o‘rinni egallagan.

🎓 Mazkur mahorat darsi talabalar uchun xalqaro iqtisodiy huquq bo‘yicha dolzarb tendensiyalar, savdo nizolari, xalqaro shartnomalar va investitsiya huquqi borasida chuqur bilimlar olishga xizmat qildi. Dars yakunida talabalar xorijiy mutaxassislarga savollar berib, ochiq muloqotda bo‘lishdi.