TDYU 2-SONLI TALABALAR TURAR JOYIDA “G‘AFUR G‘ULOM HAYOTI VA IJODI BILIMDONI” TANLOVI O‘TKAZILDI
📝 Toshkent davlat yuridik universiteti 2-sonli Talabalar turar joyida “G‘afur G‘ulom hayoti va ijodi bilimdoni” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir Shoira Ismoilova tashabbusi bilan “Talabalar kengashi” hamkorligida tashkil etildi.
🎓 Tanlov davomida ishtirokchilar mashhur adib G‘afur G‘ulomning hayoti, ijodi va adabiy merosi bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
📊 Tanlov qizg‘in bahs-munozaralar ruhida o‘tdi va natijalarga ko‘ra quyidagi talabalar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi:
🥇 1-o‘rin – Axtamova Nargiza (Xususiy huquq fakulteti talabasi)
🥈 2-o‘rin – Haydarova Xurshidabonu (Xususiy huquq fakulteti talabasi)
🥉 3-o‘rin – Abdumuminov Mavlonbek (Ommaviy huquq fakulteti talabasi)
🏆 Tadbir universitet talabalari o‘rtasida adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish, G‘afur G‘ulomning ijodiy merosini chuqurroq o‘rganishga undash maqsadida tashkil etildi. Tanlov g‘oliblari darajali diplomlar bilan taqdirlandi.