Oksford universiteti huquq va din fakulteti direktori tomonidan sovg‘a qilingan xorijiy adabiyotlar taqdimoti o‘tkazildi
✅ Toshkent davlat yuridik universiteti Axborot-resurs markazida Oksford universiteti huquq va din fakulteti direktori Piter Petkoff tomonidan sovg‘a qilingan xorijiy adabiyotlar taqdimoti o‘tkazildi.
📚 Piter Petkoff Oxford University Press va Cambridge University Press kabi xorijiy nashriyotlarning yuridik sohaga oid 40 ta xorijiy darslik, o‘quv qo‘llanma va boshqa adabiyotlarni in’om etdi.
📝 Ushbu qimmatli nashrlarni yetkazib berish O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi elchixonasining faol sa’y-harakatlari tufayli amalga oshdi. Elchixona kitoblarni Toshkentga yetkazib berish logistikasi va tashkiliy ishlarini ta’minladi.
⚡️ Mazkur tashabbusni ro‘yobga chiqarishda Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi ham alohida o‘rin tutdi. Kafedra xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi vazifasini bajardi.
🤝 Shuningdek, mazkur tashabbusni amalga oshirishga salmoqli hissa qo‘shgan "El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendiati Shohruxbek Tillaboyevga ham alohida minnatdorchiligimizni bildirаmiz.