September 21
Toshkent davlat yuridik universitetida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, tavsiyanoma asosida o‘qishga qabul qilingan talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
📝 Mazkur tadbir doirasida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining tavsiyanomasi asosida universitetga o‘qishga qabul qilingan talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
⚡️ So‘zga chiqqanlar yoshlarni harbiy xizmat davrida shakllangan intizom, mas’uliyat, qat’iyat va do‘stlik kabi fazilatlarni endilikda o‘qish va kasbiy faoliyatda ham davom ettirishga chaqirdilar. Bu kabi talabalarning safda bo‘lishi universitet hayotiga yangi ruh, yangicha tashabbus va yuksak maqsadlar olib kirishi ta’kidlandi.