May 13

AKADEMIK XADICHA SULAYMONOVANING HAYOTI VA ILMIY MEROSIGA OID TADBIR VA QIZIQARLI INTELLEKTUAL O‘YIN TASHKIL ETILDI

Sayfullo Sayfiddinov tomonidan tayyorlandi

📝 Akademik Xadicha Sulaymonovaning hayoti va ilmiy merosiga bag‘ishlangan tadbir hamda qiziqarli intellektual o‘yin Toshkent davlat yuridik universiteti 2-sonli talabalar turar joyida "Talabalar kengashi" bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tdi. Tadbir tashabbuschilari Ruxshona Avazbekova va Shodiyeva Irisa tomonidan tashkil etilib, tadbirda 30 ga yaqin talaba ishtirok etdi.

📚 Qiziqarli intellektual o‘yin davomida talabalar akademik Sulaymonovaning hayoti va faoliyati bilan bog‘liq savollarga javob berishdi. Ushbu o‘yin orqali talabalar o‘z bilimlarini sinab ko‘rish bilan birga, yangi va foydali ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyatiga ham ega bo‘lishdi.

📊 Yakuniy natijalarga ko'ra:
🥇 1-o'rinni - "Zabarjad" jamoasi;
🥈 2-o'rinni - "Domenion" jamoasi;
🥉 3-o'rinni - "Jadidlar" jamoasi egallashdi va darajali diplomlar bilan taqdirlanishdi.

⚡️ Tadbir talabalarning faol ishtiroki bilan o‘tdi. Ishtirokchilar akademik Xadicha Sulaymonovaning hayoti va ilmiy merosi haqida ko‘plab qiziqarli faktlar bilan tanishib, uning o‘z kasbiga sadoqat bilan yondashishi va jamiyat rivojiga qo‘shgan hissasini chuqurroq anglashdi.