TDYU talabalari “Karyera maktabi” loyihasini muvaffaqiyatli yakunlashdi
Joriy yilning 24–31-avgust kunlari Toshkent davlat yuridik universitetining bir guruh talabalari va faol yoshlari Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi Yoshlar oromgohida tashkil etilgan “Karyera maktabi” loyihasida ishtirok etib, uni muvaffaqiyatli yakunladilar.
Ushbu loyiha doirasida talabalar zamonaviy mehnat bozori talablariga mos ravishda o‘z kasbiy salohiyatini rivojlantirish, global miqyosda talab etiladigan ko‘nikmalarni egallash hamda karyera rejalashtirish bo‘yicha muhim tajribaga ega bo‘ldilar.
- professional LinkedIn profilini yuritish,
- ishga qabul qilishdagi intervyu jarayonlarini muvaffaqiyatli o‘tish sir-asrorlari,
- O‘zbekiston va dunyoning TOP kompaniyalarida ishlash imkoniyatlari haqida chuqur bilim va ko‘nikmalarni egallashdi.
Loyihaning asosiy maqsadi yoshlarni o‘z kasbiy kelajagini to‘g‘ri yo‘naltirishga ko‘maklashish, ularga xalqaro standartlarga mos yondashuvlarni o‘rgatish va yurtimiz yoshlarining raqobatbardoshligini yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.
“Karyera maktabi” talabalarda katta taassurot qoldirib, ularning shaxsiy va kasbiy rivojlanishida muhim bosqich sifatida yodda qolishi shubhasiz.