March 1

TDYU TALABALAR TURAR JOYIDA “HUQUQIY ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI O‘TKAZILDI

Sayfullo Sayfiddinov tomonidan tayyorlandi

⚖️ Toshkent davlat yuridik universiteti “Yuridik klinika” tashabbusi bilan talabalar turar joyida “Huquqiy Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

📝 Mazkur tadbir huquqiy bilimlarni mustahkamlash, talabalar tafakkurini charxlash va ularning jamoaviy ishlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratildi.

📚 O‘yinda talabalar huquq va mantiqiy fikrlashga doir turli qiyin savollarga javob berishdi, huquqiy muammolarni tahlil qilib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

📊 Fikrlar to‘qnashuvi va qiziqarli bahslarga boy kechgan o‘yin yakunida quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi:

🏆 1-o‘rin – "Genius Generation" jamoasi;
🥈 2-o‘rin – "Jinoyat" jamoasi;
🥉 3-o‘rin – "Interstellar" jamoasi.

🏆 Musobaqa g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ushbu intellektual o‘yin talabalar orasida huquqiy savodxonlikni oshirishga xizmat qilib, ularning bilim va mantiqiy tahlil qilish qobiliyatlarini yanada rivojlantirishga yordam berdi.

🤝 Shu kabi tadbirlar kelgusida ham davom ettirilishi rejalashtirilgan.