April 6

Xadicha Sulaymonovaning hayoti va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri hamda tanlov bo‘lib o‘tdi

✅ Toshkent davlat yuridik universitetining 2-sonli Talabalar turar joyida atoqli olima Xadicha Sulaymonovaning hayoti va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri hamda tanlov bo‘lib o‘tdi.

🎓 Tadbirni universitetning faol va tashabbuskor talabalaridan biri – Shamuratova Sabrina olib bordi. U o‘z chiqishida Xadicha Sulaymonovaning O‘zbekiston ilm-faniga qo‘shgan ulkan hissasi, ilmiy izlanishlari, ayol sifatida jamiyatda tutgan o‘rni va yosh avlod uchun namunali hayot yo‘li haqida atroflicha ma’lumot berdi. Tadbir davomida talabalar olimaning hayoti va faoliyatiga oid qiziqarli faktlar, videoroliklar va suratlar bilan tanishtirildi.

📚 Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bu esa talabalar uchun katta motivatsiya bo‘lib xizmat qildi.