April 7, 2020

BIZ KIM TEMUR AVLODLARIMIZ

"Kelejak tarixsiz yaratilmaydi" bizning avlodlarimiz buyuk inson bo'lishgan,biz avlodlarimizga mos va ular kabi bilimli inson bo'lishimiz kerak.Bizning avlodlarimiz har qanday muammolardan o'z bilimlari va aql idroklari bilan hal qilishgan.Bunaqa aql sohiblaridan bo'lgan bobolarimizdan biri Amir Temur, Temur, Temurbek (toʻliq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag'ay ibn Amir Barqul 1336-yil,9-aprel,Kesh(hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xoja Ilg'or qishlog'da tug'ulganlar.Ular yoshliklaridan aqlu zakovati va jang qilish mahoratlari bilan boshqalardan ajralib turganlar.Ular juda ko'p janglarda qatnashganlar ammo har qanday jangdan so'ng urush tufayli buzilgan binolarni va madrasalarni qaytadan tiklash va yana yangi qo'shimcha binolar va madrasalar qurish haqida buyruqlar chiqarganlar,bundan ko'rinib turibdiki ular nafaqat bunyodkor balki ular o'z xalqining bilimli va aqlli bo'lishlarini hohlaganlar.Amir Temur ilk harbiy faolyatini qo'l ostidagi navkarlari bilan viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlaganlar.Bu esa ularning o'z aql idroklari va jang mahoratlari bilin yetuk davlat arbobi darajasiga erishganlaridan dalolat bo'ladi.Bu esa bizga o'rnak bo'ladigan holatlardan biri bo'lib biz yoshlar ham o'z bilimimiz va aqlimiz bilangina buyuk inson bo'la olishimiz mumkin.Har xil karrupsiya yoki boshqa yo'llar bilan kelgan lavozimlar,yoki mehnatsiz mashaqatsiz erishilgan oson vazifalar bizga tashvish tug'dirishi mumkin.

Amir Temur hokimyat tepasiga kelgach ular amirlar o'rtasidagi urushni oldini olib xalq ahvolini o'rganadilar va mamlakatni yaxshi hayot kechirishi uchun qo'llaridan kelguncha harakat qiladir.

Sohibquron bobomiz juda bunyodkor inson bo'lganlar ular har bir zafarli voqea va sevinchli hodisani muhtasham meʼmorlik obidasi barpo etish bilan nishonlash odat boʻlgan. Shu maqsadda Hindiston, Sheroz, Isfahon va Damashqning mashhur ustalarni mamlakatimizda hashamdor imoratu inshootlar bino qurdirganlar.Bu binolar hozirgi kungacha yaxshi saqlanib kelmoqda.Amir Temur zabt etgan mamlakatlarning bir qator shaharlari Bagʻdod, Darband, Baylaqon ni qayta tikladi. Amir Temur Tabrizda masjid, Sherozda saroy, Bagʻdodda Madrasa, Turkistonda mashhur shayx Ahmad Yassaviy qabri ustiga maqbara qurdirgan boʻlsada, lekin asosiy eʼtiborini ona shahri Kesh va poytaxti Samarqandga qaratadilar.

Hozirgi kunda esa faxirlanib "BIZ KIM TEMUR AVLODLARIMIZ" deb g'ururlanib aytishimiz mumkin. Biz hozirgi tinchlik davrida bayrog'imizni yuksaklarga ko'tarishimiz va ular orzu qilgan mamlakatlar binolar barpo qilishimiz kerak.Sohibquron Amir temur ishlaridan o'rnak olishimiz va juda ko'p bilimlarni egallashimiz kerak. Shuni takidlab o'tishimiz kerakki Biz tariximizga mos kelajak yaratishimiz kerak.

Tayyorladi:Begmatov Shukhrat O'ktam o'g'li Kampuyuter injenering 219-18 guruh talabasi.