BIZ KIM TEMUR AVLODLARI
Amir Temur nomini eshitar ekanmiz, ko’z oldimizga buyuk jangchi, buyuk davlat asoschisi bo’lgan shaxs ko’z oldimizda gavdalanadi. O’zbekiston tarixiga nazar soladigan bo’lsak, Amir Temurdek qudratli, kuchli, aqlli bo’lgan hukmdor yo’qligiga guvoh bo’lamiz. Go’yo Amir Temur yoshligidan bunday mavqeyga tayyor bo’lib borganday. Haqiqatan Amir Temur yetti yoshidan otasining amri bilan o’qishga boradi. O’qishni yetti yoshdan boshlash eng qulay paytdir. Hozirgi kunda maktabga borish uchun bolaning yetti yoshi bo’lishini talab etilishi, bu yosh o’qish uchun eng qulay payt ekanligini anglatadi . Amir Temur yoshlik chog’laridanoq chavandozlik, ovchilik, o’q otish va boshqa harbiy o’yinlarni merh qo’yadi, ularni o’rganadi. Shuningdek, Amir Temur aqliy jihatdan ham yetuk shaxs bo’lib, aqlli, zakovatli bo’lib, o’z tengqurlaridan yaqqol ajralib turgan. Hozirgi yosh avlod ham Amir Temurdan o’rnak olib, yoshligidan sport bilan bir qatorda maktabda yaxshi o’qishi ham kerak. Hozigi kunda ikkala sohani birdaniga olib borayotgan yoshlar mavjud. Lekin, afsus bilan shuni aytishimiz mumkin-ki bunday yoshlar ozchilikni tashkil etadi. Yoshlarimiz orasida bunday yoshlarni ko’paytirish zarurdir. Buning uchun Amir Temur shaxsi haqida yosh avlodga to’liqroq axborot berish kerak. Amir Temurning bolaligi, o’smirlik va hukdorlik paytlari aks etgan filmlar yoki hujjatli film ishlash kerak. Biz yoshlarga buyuk Amir Temur avlodi ekanligimizni yaqqol ko’rsatib berishimiz kerak. Hozirgi axborot texnologiyalari rivojlangan XXI asrda, yosh avlodga Amir Temur shaxsini filmlar orqali gavdalantirmasak, yosh avlodga uning qanchalar buyuk inson ekanligini faqat maktabdagi darsliklar orqali to’liq yetirib bilmaymiz. Balkim bunday tarixiy filmni olish uchun ko’plab mablag’lar talab etilar, lekin manashu ketgan mablag’lar to’liq o’zini oqlaydi. Bu film nafaqat yosh avlod balkim, katta avlod uchun ham zarurdir. Chunki, Amir Temur shaxsini to’liq anglab yetmagan, katta avlod vakillari ham afsuski oramizda bor. Oramizda Amir Temurni “ bosmachi ” , shafqatsiz deb hisoblovchilar ham bor. Ularning bunday fikrlashiga sabab , u insonlarning bolaligi, yoshligida shunday deb ta’lim berishganidir. Ammo, u zamonlar o’tib ketdi. Hozir jahonda tobora o’z o’rniga ega bo’lib kelayotgan mustaqil O’ZBEKISTON da yashaymiz. Shuning uchun bu film yosh avlodga va katta avlod uchun juda kerak.
P/S : Ushbu post “BIZ KIM TEMUR AVLODLARI” blogpostlar tanlovi uchun maxsus yozildi.
Talaba : Eshqabulov Temurbek Farxodovich
Universitet : TATU Urganch filiali
1-kurs, TT va KT fakulteti, 932-19 guruh talabasi.
Telefon : +998995045902