Termiz shahar adliya bo'limi YXKM xodimlari tomonidan seminar tashkil etildi!
Joriy yilning 13-dekabr kuni Termiz shahar adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ 173-sonli "Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo'yicha qo'shimcha-chora tadbirlar to'g'risida"gi Qarorining ijrosini ta’minlash va Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining 2022-yil 2-dekabrdagi 1-248/8 ko’rsatmasiga asosan, 2022-yil 1-avgustdan yuridik xizmat ko'rsatilib kelinayotgan tashkilot rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida shahardagi 26-umum ta’lim maktabining majlislar zalida seminar tashkil etildi.
Seminarda Yuridik xizmat ko’rsatish markazining taklifi bilan, shahar Aholi bandligiga ko’maklashish markazi va “Madad” nodavlat notijorat tashkilotidan ham vakillar ishtirok etishdi.
Seminar tashkilotchilari tomonidan, qatnashchilarga o’tgan davr mobaynida “E-huquqshunos” tizimi orqali hujjat loyihlarini jo’natishda yo’l qo’yilgan tizimli kamchiliklar bilan bir qatorda ularning mehnat va sohaviy qonunchilik bilim-ko’nikmalarini yanada oshirish maqsadida tushuntirishlar berildi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekbardagi 275-sonli "Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida"gi, 2018-yil 28-martdagi 244-sonli "Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida"gi, 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli "Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorlari yuzasidan ma'lumotlar berib o'tildi.
Seminarga taklif etilgan Aholi bandligiga ko'maklashish markazi xodimi M.Abdulvahobov tomonidan tashkilot xodimlariga, mehnat qonunchiligi yuzasidan ish beruvchi va xodimlarning huquq-majburiyatlari doirasida yuzaga kelayotgan muammoli holatlar ularni oldini olish choralari va ijtimoiy ta'tillar bo'yicha o'z fikr va mulohazalarini bildirib o'tdi.
Seminarga taklif etilgan Aholi bandligiga ko'maklashish markazi xodimi M.Abdulvahobov tomonidan tashkilot xodimlariga, mehnat qonunchiligi yuzasidan ish beruvchi va xodimlarning huquq-majburiyatlari doirasida yuzaga kelayotgan muammoli holatlar ularni oldini olish choralari va ijtimoiy ta'tillar bo'yicha o'z fikr va mulohazalarini bildirib o'tdi.
Bundan tashqari hozirgi ilg'or raqamlashtirish va elektronlantirish jarayonlarining davomi sifatida ishlab chiqilgan Mobile-ID (tizimlariga kirishda shaxsni identifikatsiyalash va tasdiqlashning yangi moduli) tizimi va uning qulayliklari bo'yicha ham to'xtalib o'tildi. Ushbu modul yordamida fuqarolar doimo yonida olib yuruvchi mobil telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tib, barcha davlat xizmatlaridan elektron raqamli imzosiz foydalanishi mumkinligi bo'yicha qo'shimcha tushuntirish berildi.
Seminar yakuni qizg'in savol va javoblar tarzida bo'lib o'tdi. Qatnashchilarni qiziqtirgan mehnat va qonunchilikning boshqa sohalari bo'yicha bergan savollariga YXKM va ABKM xodimlari tomonidan atroflicha javoblar berildi.