Termiz shahar adliya bo'limi YXKM va ABKM xodimlari hamkorligida targ'ibot tadbiri o'tkazildi!
Joriy yilning 7-oktyabr kuni Termiz shahar adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ 173-sonli "Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo'yicha qo'shimcha-chora tadbirlar to'g'risida"gi Qaroriga asosan xizmat ko'rsatilib kelinayotgan shahardagi barcha Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari va tizim ma'sullariga huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Targ'ibot seminar tarzida tashkil etilib, qatnashchilariga tizim orqali hujjat jo'natishlar bo'yicha yana bir bor batafsil tushuntirishlar berildi, bundan tashqari DMTT direktorlariga mehnat qonunchiligi bo'yicha nazariy tushuntirishlar berildi, jumladan ish beruvchi va xodimning huquq va majburiyatlari, ariza va buyruqlarni rasmiylashtirish tartibi, tashkilotlar tomonidan yo'l qo'yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari hozirgi ilg'or raqamlashtirish va elektronlantirish jarayonlarining davomi sifatida ishlab chiqilgan Mobile-ID (tizimlariga kirishda shaxsni identifikatsiyalash va tasdiqlashning yangi moduli) tizimi va uning qulayliklari bo'yicha ham to'xtalib o'tildi. Ushbu modul yordamida fuqarolar doimo yonida olib yuruvchi mobil telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tib, barcha davlat xizmatlaridan elektron raqamli imzosiz foydalanishi mumkinligi bo'yicha qo'shimcha tushuntirish berildi.
Bundan tashqari seminarda shahar Aholi bandligiga ko'maklashish markazi hamda "Madad" huquqiy maslahat byurosi vakilllari ishtirok etib o'z fikrlarini bildirib o'tishdi.
Yig'ilish seminari qizg'in savol va javoblar tarzida bo'lib o'tdi. Qatnashchilarni qiziqtirgan mehnat va qonunchilikning boshqa sohalari bo'yicha bergan savollariga markaz xodimlari tomonidan atroflicha javoblar berildi.