April 13, 2022

Obodonlashtirish boshqarmasida navbatdagi targ'ibot tadbiri o'tkazildi!

Obodonlashtirish boshqarmasi

Termiz shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsultlari S.Akramov va S.Sayfiddinovlar tomonidan 2022-yil 12-aprel kuni shahar Obodonlashtirish boshqarmasida O'zbeksiton Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-apreldagi "Davlat pensiyalari, nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to'lovlarni to'lash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-198-son Qarori bo'yicha targ'ibot tadbirini o'tkazishdi.

Yangi qarorga ko'ra:

- 2022-yil yakunigacha pensiya va nafaqa oluvchilar mablag‘larini masofadan boshqarish imkonini beruvchi bankning yangi mobil ilovasi ishlab chiqilishi,

- 2022-yil 1-maydan, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilganlarga va jazoni o‘tab ozodlikka chiqqan fuqarolarga beriladigan to‘lovlar har oyning 5-sanasigacha moliyalashtirilshii hamda AT “Xalq banki”ning sayyor kassalari tomonidan mahallalarga yetkazilishi;

- Pensiya, nafaqa, kompensatsiyalar va moddiy yordam pulini bank kartalari orqali oluvchilarga har oylik pensiya va nafaqa pulining 1 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov joriy qilinishi;

- 2022-yil 1-sentabrgacha harbiylashtirilgan pensiyalar tizimi avtomatlashtirilishi va pensiya varaqalarini yuritish amaliyoti bekor qilinishi, haqida xodimlarga yangi qarorning mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar berilib, targ'ibot davomida xodimlar tomonidan mavzu va mehnat qonunchiligi yuzasidan berilgan savollarga bosh yuriskonsultlar tomonidan batafsil javoblar berildi.