February 24, 2022

"2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Prezident farmoni bo'yicha targ'ibot tadbiri

Joriy yilning 21-fevral kuni Termiz shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28-yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni bo'yicha navbatdagi targ'ibot tadbiri o'tkazildi. Qonunchilik targ'iboti tadbirida shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi xodimlari va Termiz shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti B.Sharipov ishtirok etdi.

Targibot tadbiridan 21.02.2022 yil

Targ'ibot tadbiri davomida Termiz shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti B.Sharipov tomonidan mazkur farmonning mazmun-mohiyati va farmonda belgilangan loyihalar to'g'risida xodimlarga tushuntirishlar berildi. Bo'lim xodimlarning mavzu doirasida qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.