January 12, 2022

Termiz shahar xalq ta'limi bo'limiga qarashli 5-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida targ'ibot tadbiri

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi Termiz shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsultlari tomonidan 2022 yil 12-yanvar kuni shahar xalq ta'lim bo'limiga qarashli 5-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida pedagog ishchi xodimlar bilan qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan targ'ibot tadbiri o'tkazildi, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyundagi PQ-5168-son “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati haqida xodimlarga yana bir bor ma'lumotlar berildi.

12.01.2022 yil

Targibot tadbiri davomida markaz xodimlari tomonidan ish beruvchi va xodimning huquqlari va majburiyatlari, mehnat qonunchiligiga ko'ra mehnat intizomi tushunchalari yuzasidan huquqiy ma'lumotlar berildi. Pedagog xodimlardan mehnat faoliyatlarida yuzaga kelayotgan tizimli muammolarni eshilitib va ularni yechishda huquqiy maslahatlar berildi.

Davra suhbati ishtirokchilari