August 29, 2022

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlarining ustama pullari undirib berildi!

Termiz shahar adliya bo‘limi va Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-dekabrdagi “Davlat veterinariya xizmati xodimlari mehnatiga qo‘shimcha haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VM 963-son Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini moddiy rag‘batlantirish shartlari va tartibi to‘g‘risida Nizom” ning tegishli bandlari asosida shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limining 11 nafar xodimiga to‘lanmay kelinayotgan 143 mln so‘mdan ortiq ustama pullarini undirish bo‘yicha Sudning hal qiluv qarorini chiqarishga erishildi, xodimlarning huquqlari tiklab berildi.