January 16, 2023

Kimlarga farzandlikka olishga ruxsat berilmaydi?

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yilda 21-noyabrdagi 739-son Qarorida, voyaga yetgan erkak yoki ayol fuqarolar farzandlikka oluvchilar bo‘lishi mumkinligi, ammo quyidagi shaxslar bundan mustasno ekanligi belgilangan:

-         ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar;

-         qonun bilan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar;

-         asab kasalliklari yoki narkologiya muassasalarida ro‘yxatda turuvchilar;

-         qasddan sodir qilgan jinoyatlari uchun ilgari hukm qilinganlar;

-         farzandlikka olganligi bekor qilingan sobiq farzandlikka oluvchilar;

-         farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinuvchilar yoshidagi farq o‘n

besh yoshdan kam bo‘lmasligi shart, bundan o‘gay ota va o‘gay ona yoxud farzandlikka olinuvchining yaqin qarindoshlari tomonidan farzandlikka olish hollari mustasno.