May 19, 2022

Termiz shahar Davlat maktabgacha ta'lim mudiralariga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-173-sonli qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi!

Tadbir ishtirokchilari

Termiz shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari B.Sharipov va V. Nazarovlar tomonidan 2022-yil 18-may kuni Termiz shahar maktabgacha ta'lim bo'limiga qarashli Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti mudiralari ishtirokida targ'ibot tadbiri o'tkazildi. Tadbirda so'zga chiqqan yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan ishtirokchilarga qarorning mazmun-mohiyati, qarordan ko'zlangan maqsadlar va kelgusida qilinadigan ishlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Jumladan, Qarorda 2022-yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich Markazlar tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining quyidagi tuman (shahar) bo‘linmalariga yuridik xizmat ko‘rsatilishi belgilangan

mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi;

qishloq xo‘jaligi bo‘limi;

turizm va madaniy meros bo‘limi;

sportni rivojlantirish bo‘limi;

oila va xotin-qizlar bo‘limi;

davlat soliq inspeksiyasi;

aholi bandligiga ko‘maklashish markazi;

davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari;

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;

davlat ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar.

E-huquqshunos elektron tizimi orqali hujjat almashish tartibi va mehnat qonunchiligi bo'yicha ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga yuridik markaz xodimlari tomonidan batafsil javoblar berildi.