May 11, 2022

Termiz shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan targ'ibot tadbiri o'tkazildi!

Aholi bandiligiga ko'maklashish markazi

Termiz shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari M.Turdiyev va B.Sharipovlar tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-mart kuni qabul qilingan "Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi PQ-173-sonli qarorining mazmun-mohiyatini, yangi xizmat ko'rsatish uchun qo'shilish kutilayotgan tashkilotlarga yetkazish bo'yicha targ'ibot tadbirilarini davom ettirishmoqda. Jumladan, shahar "Aholi bandligiga ko'maklashish markazi" xodimlariga

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-son qarori bilan viloyatlar adliya boshqarmalarining huzurida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-89-son Farmoniga muvofiq tuman (shahar) adliya bo‘limlari tuzilmasi va bo‘ysunuviga o‘tkazilganligi.

Aholi bandligiga ko'maklashish markazi

Adliya vazirligining 2022-yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich Markazlar tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining quyidagi tuman (shahar) bo‘linmalariga yuridik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanganligi:

mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi;

qishloq xo‘jaligi bo‘limi;

turizm va madaniy meros bo‘limi;

sportni rivojlantirish bo‘limi;

oila va xotin-qizlar bo‘limi;

davlat soliq inspeksiyasi;

aholi bandligiga ko‘maklashish markazi;

davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari;

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;

davlat ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar

va boshqa huquqiy yangiliklar to'grisida ma'lumotlar berildi.