O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabr kunidagi PF-35-son Farmoni haqida
Termiz shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti B.I.Sharipov 2021 yil 28-dekabr kuni shahar "Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi"da navbatdagi targ'ibot-tadbirini o'tkazdi. Targ'ibot mavzusi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabr kunidagi PF-35-son Farmoniga bag'ishlandi. 2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo'shimcha dam olish kunlarini belgilash va dam olish kunlarini ko'chirish tartibi va Farmonning mazmun-mohiyati bo'yicha ishchi xodimlarga tushunchalar berildi.
Farmondan kelib chiqib 2022 yilda fuqarolarning rasmiy sanalarini nishonlash davrida to'liq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, "O'zbekiston bo'ylab sayohat qil" ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish uchun dam olish va bayram kunlaridan samarali foydalanishni ta'minlash maqsadida dam olish kunlari qulay vaqtlarga ko'chirilgani haqida ma'lumot berildi.
Yig'ilish so'ngida xodimlar bilan ishlash bo'limiga 2022 yil ta'tillarni hisoblashda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabr kunidagi PF-35-son Farmoni asos qilib olinish haqida tavsiyalar berildi. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi xodimlarida mavzu yuzasidan va boshqa huquqiy masalalar bo'yicha qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.