Davlatimiz tomonidan yangi qabul qilingan qonun va qarorlar aholiga eshittirildi!
Surxondaryo viloyati Termiz shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsultlari tomonidan 2022-yil 5-aprel kuni yangi qabul qilingan qonun va qarorlarni aholiga yetkazish maqsadida radioda targ'ibot eshittirishini o'tkazishdi. Jumladan, bosh yuriskonsult M.Turdiyev tomonidan Vazirlar Mahkamasining 149-son "Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalsh tizimini joriy etish to'g'risida"gi Qarorini, bosh yuriskonsult V.Nazarov tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 146-son "Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi Qarori, bosh yuriskonsult B.Sharipov tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 167-son "Nuroniylarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarori, bosh yuriskonsult S.Sayfiddinov tomonidan Vazirlar Mahkamasining 150-sonli Qarori Ko'chmas mulk ijara shartnomasi faqat elektron shaklda hisobga qo'yilishi mavzularida radio eshittirishlarni olib borishdi.