Yuridik texnikumlarga talabgorlar hujjatlarini qabul qilish davom etadi!
Adliya vazirligi yuridik texnikumlarida tahsil olib yuridik ma'lumotga ega bo'lish istagini bildirgan talabgorlar safini kengaytirish maqsadida Termiz shahar adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan texnikum qabuli bo'yicha fuqarolarga tushuntirishlar berildi va ularga hujjatlarni topshirish, qabul jarayonlari tartibi va yuridik texnikumlarda o'qishning qulaylik jihatlari bo'yicha ma'lumotlar berildi. Jumladan qabul jarayonlari 2022-yil 1-avgust kunidan boshlanganligi, o'qishga kirish uchun abiturientlar my.gov.uz va my.dtm.uz saytlari orqali hujjatlari yuborish mumkinligi, talabgorlar davlat-huquqiy faoliyati, yuridik xizmat va sud-huquqiy faoliyati yo'nalishlari bo'yicha hujjat topshirishlari, hatto texnikumda sirtqi shaklda o'qishlari mumkinligi bo'yicha tushuntirishlar berildi. Fuqarolarga qabul jarayonlari bo'yicha batafsil ma'lumotlar yozilgan bukletlar tarqatildi.