Obodonlashtirish boshqarmasida targ'ibot!
Termiz shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsultlari B.Sharipov va V.Nazarovlar 2021 yil 10-dekabr kuni shahar obodonlashtirish boshqarmasi rahbariyati va xodimlari bilan "Korrupsiyaning davlat tarraqiyotiga salbiy ta'siri" va "Davlatimiz madhiyasi qabul qilingan kun" mavzularida huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazishdi.
Targ'ibot tadbirida dastlab 9-dekabr Koruppsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan korrupsiyaga qarshi yurtimizda qabul qilingan qonun hujjatlari va ularga kiritilgan oxirgi o'zgartirish va qo'shimchalar, davlatimiz tomonidan olib borilayotgan tizimli o'zgarishlar, korrupsiyaga qarshi barcha fuqarolar birdek kurashish lozimligi haqida tushuntirish berildi.
Shundan so'ng, 10-dekabr davlatimiz madhiyaai qabul qilingan kun munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zo‘r ehtirom bilan qarash O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchi ekanligi madhiyamizning yaratilishi tarixi, madhiyaning davlat ramzlari orasida tutgan o'rni va boshqa ma'lumotlar berilib. Targ'ibot qatnashchilarini qiziqtirgan savollarga asosli javoblar berildi.