Aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatini ko’rsatish sifati oshiriladi!
Davlat rahbarimiz tomonidan 2022-yil 25-aprel kuni “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-215-sonli Qarori imzolangan.
Qarorga muvofiq tibbiyot sohasida:
- 2022 yilda 136 ta yangi oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar hamda 2023 yilda yana 140 ta yangi oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rish;
- Olis va chekka hududlardagi davolash-profilaktika muassasalarida shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojni mahallalar kesimida aniqlash, bo‘sh shifokor ish o‘rinlari ro‘yxatini shakllantirish va muntazam yangilab borish.
- Tibbiyot brigadasi» tomonidan xonadonlarda salomatlik holatini o‘rganish va kasalliklarning xavf omillaridan kelib chiqib, tegishli maslahat va tavsiyalar berishni yo‘lga qo‘yish, brigadalarni targ‘ibot materiallari bilan ta’minlash.
- Bemorlarni kunduzgi shifoxona va uy shifoxona sharoitida davolashning yangilangan mezonlari va tartibini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish
- Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, tuman (shahar) markaziy shifoxonalari faoliyatini belgilovchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va tizimlashtirish.
- Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini tibbiy jihozlar bilan ta’minlash me’yorlarini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash.
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmalari qoshida muntazam faoliyat yurituvchi call-markaz tashkil etish belgilangan.