Davlatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qonun hujjatlari bilan tanishib boraylik !
Termiz shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsultlari B.Sharipov va S.Sayfiddinovlar shahardagi maktabgacha ta'lim bo'limida navbatdagi targ'ibot tadbiri o'tkazishdi.
Mazkur targ'ibot tadbirida O'zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirilishi munosabati bilan O'RQ-729-son 2021-yil 18-noyabr kunidagi "O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi qonuni haqida keng tushunchalar berishdi.
Qonunda kiritilgan qo'shimchalar quyidagilardan iborat:
- O'zbeksiton Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi har yili O'zbeksiton Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida milliy ma'ruza tayyorlaydi, Milliy ma'ruza O'zbeksiton Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori tomonidan Oliy majlisga taqdim etilishi;
- Endilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to'g'risida axborot berayotgan shaxslarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo'lishi;
- Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to'g'risida xabar qiluvchi shaxslarni rag'batlantirish Vazirlar mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirilishi;
va boshqa bir qator qo'shimchalar to'g'risida ma'lumotlar berishdi.
Targ'ibotning davomi sifatida yuridik markaz xodimlari tomonidan yana bir bor Adliya Vazirligining 2021 yil 29 oktyabrdagi "Umummilliy Konstitutsiya imtihonini tashkil etish va o`tkazish bo`yicha” chora tadbirlar rejasi haqida tushunchalar berildi, imtihonda 15 yoshdan katta bo`lgan barcha fuqarolar ishtirok etishi mumkinligi, buning uchun joriy yilning 15 noyabridan 30 noyabrgacha http://8-dekabr.adliya.uz/ saytidan ro`yxatdan o`tish ushun markaz tomonidan amaliy yordam berilishi hamda g`oliblarga Adliya vazirligi tomonidan beriladigan pul yutuqlari bilan mukofotlanishi to`g`risida ma`lumot berildi.